Imtihonga tizimli
tayyorgarlik
Video dars → test → testning video tahlili → xatolar ustida ishlash → AI mentor tavsiyasi. YUKSAL o'quvchining kuchli va kuchsiz tomonlarini o'lchab, keyingi qadamni o'zi belgilaydi.
Ro'yxatdan o'tish
Qaysi imtihonga tayyorlanasiz?
Prezident maktablari
Ko'p bosqichli saralashga mos dastur: matematika, mantiqiy savollar va ingliz tili. Har modul yakunida real imtihon formatidagi mock test.

Al-Xorazmiy maktablari
Matematika va mantiqqa urg'u beradigan yo'nalish. Murakkab masalalar video tahlil bilan yechiladi, xatolar ustida alohida ishlanadi.
Ixtisoslashgan maktablar
Tanlagan faningiz bo'yicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlik. Bilim darajangiz har testdan keyin qayta o'lchanadi.
Ular bizni tanladi
Ota-onalar va o'quvchilar Yuksal haqida o'z so'zlari bilan. Ko'rish uchun kartani bosing.
Bitta mavzu — beshta qadam
Dars 90% ko'rilmaguncha test ochilmaydi. Test 60% dan past bo'lsa keyingi dars ochilmaydi. Tizim o'quvchini bo'sh joyni tashlab ketishga qo'ymaydi.
Video dars
Tezlik boshqaruvi, konspekt, oflayn yuklab olish.
Test
Timer, navigatsiya, chiqib ketishda ogohlantirish.
Natija
O'tish bali 60–70%. O'tmasa qayta yechish.
Xatolar
Video yechim, matnli yechim, izohli tahlil.
AI tavsiya
Keyingi mavzu progressga qarab tanlanadi.
10 oy · 144 ta dars
Haftada 4 dars va 4 test. Modul yakunida mock imtihon.


Tushunmagan savolni jonli mentorga yuborasiz — 24 soat ichida javob beramiz.
Kursni sotib olish to'liq kurs uchun yoki aynan bir modul uchun amalga oshirilishi mumkin.
Har bir sinflar uchun mos kurslar
Har sinf uchun alohida dastur. Kursni to'liq yoki bitta modul qilib sotib olish mumkin.
Boshlang'ich matematika

2–3-sinflar uchun nufuzli maktablarga tayyorlanishda boshlang'ich matematika bo'yicha darslar berib boriladi.
English Grammar

3–4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Prezident, Al-Xorazmiy, Xorijiy tillar va Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun to'g'ri keladigan gramatik mavzularni o'z ichiga oladi.
Math-Up

3–4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan. Matematika fanini chuqur o‘rganish, asosiy tushunchalar, formulalar va ularni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha mustahkam bilim bazasini shakllantirishga qaratilgan.
Farzandingiz natijasi — bir qarashda
Faollik svetofori, natijalar va to'lov holati. SOS signali — farzand uzoq vaqt kirmasa.
Reja bo'yicha: darslar va testlar bajarilgan.
2 kundan beri faollik pasaygan.
Bir haftadan ortiq kirmagan — SOS yuborildi.
Ota-onalar bizni tanlashadi
Telegram kanalimizdagi izohlar. Ota-onalarning o'z so'zlari, tahrirsiz.

Abdullohning ota-onasi
Onlayn kurs · Farg'ona“Abdulloh, siz o'qituvchi bo'lsangiz ham bo'laverar ekan”
Albatta qilasizlar! Asror domlaga murojaat qilib onlayn kursiga qo'shilib oling. Eng zo'ri Asror domla. Biz boshqa onlayn kurslarga sentyabrda qo'shilgan edik, har kuni onlaynda dars o'tsin deb. Lekin markaz va 2 ta onlayn dars vazifalari ko'plik qilib og'irlik qildi, shunda dekabr oylarida bitta onlayn darsdan voz kechganmiz. Tanlash kerak bo'lganda Asror domlani tanlaganmiz. Chunki o'g'lim Asror domlaning darsida mazza qilib, talashib-tortishib dars olardi. O'quvchilar bir-birlari bilan talashib-tortishib «men aytay, ustoz» deb dars olishardi.
O'g'limning onlayn darslarida doim yonida o'tirib birga qatnashardim. Bir kuni o'g'limning tirishqoqligini ko'rib Asror domlaning «Abdulloh, siz o'qituvchi bo'lsangiz ham bo'laverar ekan» degan gaplari menga olam-olam faxr bergan. Domla har bir o'quvchini yaxshilab o'rganib, xarakteriga mos gaplarni aytib, o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirar edi. Boshqa voz kechgan onlayn darslarimiz ham yaxshi edi, undan ham ko'p narsa o'rganganmiz. Rahmat u ustozlarga ham.
Ota-ona
Asror Jumanazarov onlayn darslari“Rahmat, kattakon ustoz. Ilm berishdan charchamang”
Asror Jumanazarovning onlayn darslariga ham qatnashdi. Ustozning darslari ham juda manfaatli bo'ldi. Rahmat, kattakon ustoz. Ilm berishdan charchamang. Allohim ustozlarimizning, bolajonlarimizning ilmini ziyoda qilsin, ilohim.
Ota-ona
Farg'ona viloyati · PM 1-bosqich: 99.4 ball“Tinimsiz mehnatning samarasi albatta bo'lar ekan”
Keyingi yilga topshirmoqchi bo'lgan ota-onalarga zo'r maslahat: sentyabrdan PM TEST jamoasi yana ish faoliyatini boshlasa, haftalik 30 talik matematika testlari va 10 talik mantiqiy testlarini bir dona ham qoldirmay, 100 foiz natija chiqmaguncha to'liq ishlanglar. Undan tashqari har yakshanba bo'ladigan repetitsion testlarda qatnashtiringlar: xuddi imtihon muhitini beradi, shu bilan birga imtihonda qatnashish tajribasini oshirib boradi. Birorta testni qoldirmay ishlanglar. Pullik kanallariga ulanib olinglar, u yerda 30 talik va 10 talik testlarni juda chiroyli qilib, bolalarga tushunadigan qilib tahlil qilib berishadi. Mazza qilib o'rganasizlar. Oldilaringga katta yutuqli olimpiadaga yo'llanma olishni maqsad qilinglar. Katta yutuqli olimpiada 160 million so'mlik yutuqli olimpiada hisoblanadi. Shuncha narsalarni oilada ota yoki ona birgalikda o'qib, farzandi bilan shug'ullanishi shart. Bo'lmasa natijaga erishish 10 foiz garantiya beradi xolos. Hamma bola o'rgansa bo'ladi, unchalik qiyin emas ekan. Faqat ota-ona birga shug'ullanishi kerak ekan. Shunda farzandingiz rivojlanayotganini ko'rib xursand bo'lib, qiziqishingiz yanada ortar ekan.
Men o'g'lim bilan birga o'qib, har yutug'ida shunaqa xursand bo'lar edim, bunaqa xursandchilik tuyg'usini hech qachon tuymagan edim. Markazda unchalik zo'r o'qimas edi, natijalarda 7-8-o'rinlarda yurar edi. PM birinchi bosqichida 99.4 ball bilan Farg'ona viloyati bo'yicha 16-o'rinda o'tdi. Ixtisoslashgan maktabning 2 tasiga yuqori o'rinda kirdi. Al-Xorazmiy maktabiga Farg'onada 11-o'rinda o'tdi. Farg'ona viloyati ball yuqoriligi bo'yicha poytaxtdan ham o'tib ketdi. Hali ham xursandligimdan shokda yuribman. Tinimsiz mehnatning samarasi albatta bo'lar ekan. Mehnatni faqat samarali qilish kerak ekan. Chin dildan xohlab harakat qilsangiz, mukofoti albatta bo'lar ekan. Yana bir narsa: PM_TEST kanali biz uchun muqaddas bo'lib qoldi. Bu kanalning kommentariyasi ochib qo'yilgani sizlar uchun foydali bo'ldi, chunki sizlar to'g'ri va qimmatli maslahatlarni ota-onalardan olyapsizlar.

Ota-ona
Prezident maktabi 2-bosqich · Al-Xorazmiy“Allohga shukur, o'g'lim hamma maktablarni zabt etdi”
O'g'limni uchinchi sinfdan xususiy maktabga, yotoqxonaga qo'ydik. Allohga shukr, ikkita ixtisoslashtirilgan maktabga, Al-Xorazmiyga kirdi. Prezident maktabining ikkinchi bosqichini kutyapmiz. Hozirgi kunda boladan katta mehnat talab qilyapti, chunki bilimlidan bilimli ko'p. Yakshanba kuni Asror domlaning onlayn va oflayn testlarida ham qatnashib bordik.

Ota-ona
Ixtisoslashtirilgan maktab · Al-Xorazmiy“Ikki yildan buyon onlayn va oflayn testlarida qatnashib bordik”
Mening o'g'lim ham ixtisoslashtirilgan maktab va Al-Xorazmiy maktabiga tavsiya etildi, Allohga shukr. O'zining ustozlaridan tashqari Asror Jumanazarovning onlayn va oflayn testlarida ikki yildan buyon qatnashib bordik, keyin ingliz tili testlariga ham. Ustozlarga rahmat aytamiz, Allohim omadlaringizni bersin.
Ota-ona
O'g'li barcha maktablarga kirgan“Ikkita ixtisoslashtirilgan maktabga, Al-Xorazmiyga kirdi”
Mening ham qizim hech qaysi biriga kira olmagan. Shunda xatolarimni tushunib, qachon, qayerda nima qilish kerakligini bilib, o'g'limni aniq reja bilan tayyorladim. Allohga shukur, o'g'lim hamma maktablarni zabt etdi. Asror ustoz PM ga kirgan o'quvchilar bilan suhbatlashmoqchilar. Kuzatib borsangiz, nimalar qilganimizni ustozga aytamiz. Ustoz sizga umumiy qilib aniq reja tuzib beradilar. Shu rejaga amal qilsangiz, keyingi farzandingiz bilan Alloh xohlasa albatta natija qilasiz.
Biz Farzandingiz Kelajagi Uchun
Birga Harakat Qilamiz
Bugun ro'yxatdan o'ting — birinchi darsdan boshlab farzandingizning kuchli va kuchsiz tomonlari o'lchanadi.
Ro'yxatdan o'tish